Ana biznes: "Leyptsig" 20 millionga sotib olgan futbolchisini 130 milliondan kamiga sotmoqchi emas

29 may 2026, 21:12
"Leyptsig" Yan Diomandeni arzonga sotmoqchi emas.

ESPN ma'lumotiga ko'ra, futbolchining boshlang'ich narxi - 130 million evro. Xaridor klub ushbu summaga yaqinroq narxdan boshlashi kerak bo'ladi.

Nemis klubi 19 yoshli vingerini sotishga extiyoj sezmayapti va biror klub bilan bu narxdan kamiga gaplashmoqchi ham bo'lmayapti.

"Leyptsig" o'tgan yili 20 million evro evaziga Diomandeni "Leganes"dan sotib olgandi. Ushbu mavsumda u Bundesliganing 33 o'yinida 12 gol va 8 assist qayd etdi.

Hozirda uning xizmatlariga PSJ va "Liverpul" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN