Mourinyu Olisedan voz kechishi mumkin. Portugaliyalik o'yinchi muqobil variantni topdi

28 iyun 2026, 15:50
Madridning "Real" klubi fransiyalik Maykl Oliseni o'z safiga qo'shib olishdan bosh tortishi mumkin.

Buning o'rniga "qaymoqlilar" 19 yoshli ivuarlik Yan Diomande bilan shartnoma tuzish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Manbalarga ko'ra, "Madrid"ning bosh skauti Xuni Kalafat futbolchini jahon chempionatida kuzatib bormoqda. Kot-d’Ivuarliklar pley-off bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi va u yerda Norvegiya bilan bahs olib boradi.

Insayderlarning takidlashicha, Germaniyaning "RB Leyptsig" jamoasida o'ynaydigan afrikalik hujumchining o'zi "Real"ga o'tishdan manfaatdor. Avvalroq futbolchiga "Liverpul” va PSJ tomonidan qiziqish bildirilgani xabar qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: El Debate