Reshford "Barselona"dan xafa

Sherzod Nurmatov
17 iyul 2026, 18:20
O'tgan mavsumni ijara asosida “Barselona”da o'tkazgan “Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford kataloniyaliklar “Borussiya”dan vinger Karim Adeyemi bilan shartnoma imzolaganini bilgach, bu klubga butunlay o'ta olmasligini tushunib etdi.

Manbaning ma'lum qilishicha, Reshford “ko'kanorranglilar”dan biroz xafa, chunki u “Barselona” uni saqlab qolish uchun astoydil harakat qiladi deb o'ylagandi. Vinger klubda qolish uchun hatto maoshi kamayishiga ham rozi edi.

Endilikda hujumchi mavsumoldi tayyorgarlikni “Manchester Yunayted” bilan o'tkazadi, boisi jamoa bosh murabbiyi Maykl Kerrik unga ishonch bildirmoqda.

Qayd etilishicha, agar Reshford Yevropa top-klubidan taklif olsa, “qizil iblislar” safini tark etishga tayyor. Futbolchi Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tish variantini umuman ko'rib chiqmayapti.

Hujumchi yakunlangan mavsum “Barselona” tarkibida 49 o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 14 ta golli pas uzatdi.

U JCH-2026 musobaqasida Angliya terma jamoasi libosida 5 o'yinda qatnashib, maydonda umumiy hisobda 175 daqiqa harakat qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com