

“Neftchi” yarim himoyachisi Abror Ismoilov so'nggi uchrashuvda haqiqiy matonat ko'rsatdi. Futbolchi og'ir jarohat olganiga qaramay, jamoasi uchun maydonda oxirigacha kurashgan.
“Abror Ismoilovning qovurg'asi singan ekan. Futbolchi 10 daqiqa davomida singan qovurg'a bilan o'yinni davom ettirgan.

Kechagi uchrashuvning 90-daqiqasida jamoamiz himoyachisi Abror Ismoilov raqib futbolchilari bilan to'qnashuv oqibatida og'ir jarohat oldi. Shunga qaramay, u qovurg'asi singan holda yana 8–9 daqiqa davomida jamoaga yordam berishda davom etdi.
Uchrashuvdan so'ng o'tkazilgan MRT va MSKT tekshiruvlari natijasida futbolchida chap tomondagi 10-qovurg'a sinishi hamda chap tomonlama pnevmotoraks aniqlanib, u zudlik bilan shifoxonaga yotqizildi. Torakal jarrohlar tomonidan plevra bo'shlig'i drenaj qilinib, o'pkadagi havo chiqarildi. Hozirda futbolchi shifokorlar nazoratida bo'lib, uni 1 oylik reabilitaciya jarayoni kutmoqda”, – deyiladi ma'lumotda.



