PSJ Diomande bilan shartnomani kelishib oldi. "Liverpul" u uchun € 100 mln taklif qilgandi - Skira

29 iyun 2026, 10:55
PSJ "RB Leyptsig" va Kot-d’Ivuar terma jamoasi yarim himoyachisi Yan Diomandeni o'z safiga qo'shib olmoqchi va u bilan shartnoma shartlarini kelishib bo'lgan.

Bu haqda jurnalist va insayder Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.

Manbaning xabariga ko'ra, 19 yoshli futbolchi parijliklar bilan besh yillik shartnoma borasida og'zaki kelishuvga erishgan. Qayd etilishicha, parijliklar transferni yakunlashga urinish uchun Germaniya klubiga rasmiy taklif yuborishga tayyor. Takidlanishicha, bundan ikki hafta oldin "RB Leyptsig" "Liverpul"ning € 100 mlnlik taklifini rad etgan edi.

Diomande Germaniya klubida 2025 yilning iyulidan buyon to'p surib kelmoqda, uning amaldagi shartnomasi 2030 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan. 2025/2026 yilgi mavsumda vinger "Leyptsig" uchun 36 ta o'yinda qatnashib, 13 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt" futbolchining transfer qiymatini € 90 mlnga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/NicoSchira