"RB Leyptsig" "Liverpul"ning 100 mln evrolik taklifini rad etdi - Romano

19 iyun 2026, 09:50
"RB Leyptsig" klubi vinger Yan Diomande transferi bo'yicha "Liverpul" tomonidan berilgan 100 mln evrolik taklifni rad etdi.

Bu haqda insayder Fabricio Romano o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berdi.

Manbaning bergan ma'lumotiga ko'ra, nemis klubi futbolchi sotuvidan kamida 120 mln evro ishlab olishni rejalashtirmoqda va uni hozircha tarkibda saqlab qolishdan umid uzgani yo'q.

Shuningdek, "RB Leyptsig" rahbariyati ushbu futbolchi uchun kurashda raqobat yanada kuchayishini kutmoqda. Ayni damda Diomandega "Pari Sen-Jermen" va Yevropaning bir qator boshqa grand klublari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Yakunlangan mavsumda Diomande barcha musobaqalarda 36 ta uchrashuvda qatnashib, 13 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida berilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 90 mln evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano