"Arsenal" Alvares uchun “Atletiko”ga Gyokeresh va qo'shimcha to'lovni taklif qilishga tayyor

26 iyul 2026, 11:11
Xulian Alvares - yozgi transferlar oynasida Mikel Artetaning asosiy transfer maqsadi hisoblanadi.

"Arsenal" bosh murabbiyi "Atletiko" hujumchisini chempionatdagi bevosita raqibi "Barselona"ga sotishdan bosh tortishini kutmoqda.

The Times nashrining xabar berishicha, londonliklar Alvares uchun “Atletiko”ga Gyokeresh va qo'shimcha to'lovni taklif qilishga tayyor.

Avvalroq, "Barselona" argentinalik uchun "Atletiko"ga 100 million evro taklif qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Times