"Qayrat" bosh murabbiyi Kalmurzaga mashina sovg'a qilinishi haqida: "Agar yordam bermoqchi bo'lsangiz – klubga avtobus yoki mikroavtobus sovg'a qiling. Bir kishini alohida ajratish noto'g'ri, bu jamoaviy sport"

Aslanov Jasurbek
6 okt 2025
Rafael Urazbaxtin "Qayrat" futbolchilariga berilayotgan sovg'alarga bilan munosabat bildirdi.

Chempionlar Ligasida "Real"ga qarshi o'yindan (0:5) so'ng "Qayrat" darvozaboni Sherxan Kalmurzaga avtomobil sovg'a qilishdi.

"Biz biznesmenlarimizga bunday sovg'alar berishni taqiqlay olmaymiz. Lekin bu erda ham to'g'ri tushunish kerak – biror futbolchini alohida ajratib qo'yish noto'g'ri. Bu jamoaviy sport turi.

Mening fikrim shunday: agar yordam bermoqchi bo'lishsa, klubning o'ziga yordam berishsin. Agar sovg'a berishsa – u holda hammanga bersin, tushunyapsizmi?

Men bunday sovg'alar berayotgan odamlarga aql o'rgata olmayman. Lekin jamoaviy ish nuqtayi nazaridan, albatta, faqat bir kishini alohida ajratish to'g'ri emas. Klubimizda shunday tushuncha bor: biz jamoamiz. Agar sovg'a bersangiz – barchaga bering. Bo'lmasa klubning o'ziga bering, masalan, avtobus yoki mikroavtobus. Mening poziciyam shu – bunday qilish, albatta, to'g'ri emas. Lekin yana aytaman, men bunday narsani taqiqlay olmayman", – dedi "Qayrat" bosh murabbiyi Rafael Urazbaxtin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: instagram.com/anuar_abdrakhmanov