

Mersisaydliklar 27 yoshli himoyachining shartnomasi muddati tugashi munosabati bilan futbolchining klubni tark etishini e'lon qildi.
Konate 2021 yilning yozidan beri "Liverpul” safida o'ynayotgandi. Himoyachi klub tarkibida 5 ta sovrin, jumladan, APL chempionligi va Angliya kubogini qo'lga kiritdi.



