Azamat Sharipov: "Vaziyatlardan foydalana olmadik, yakunda yutqazdik"

31 may 2026, 22:20
Proliganing 8-turidan o'rin olgan "Lochin" - "BuxDU" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Azamat Sharipov fikrlarini bildirdi.

"Birinchi bo'lim 20-25 daqiqalikda yaxshi imkoniyatlarimiz bo'ldi. Vaziyatlardan foydalana olmadik va mag'lub bo'ldik", - deydi Azamat Sharipov.

- Hujumga yakun yasaydigan futbolchi yetishmagandek...

- Chempionat davomida shu muammo qiynab kelyapti. Imkoniyatlarimizdan kelib chiqsak 3-4 ta golli vaziyat yarata oldik. Bu yerda futbolchining mahoratida qolgan gap. O'yinni o'ziga ola bilishi gol sezish qobiliyati kabi omillar bor. Bizga shu narsalar yetishmayapti.

- Moliyaviy vaziyat masalasida...

- Maydonga tushganda hamma narsani esdan chiqarish kerak. Moliyaviy vaziyat rahbarlarimiz tomonidan hal qilinyapti. Fikrimcha, buni maydonga olib chiqmaslik kerak. Ko'ryapmiz, Superligada ham bunday muammo bor. Bizga mahorat, qayerdadir xohish yetishmayapti.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia