"Crvena Zvezda" sobiq himoyachisi: "Dunyo Shomurodov, Husanov nomlarini yodlab olgan. Mundialdan so'ng skautlar nigohi O'zbekistonga qaratiladi"

Iskandarov Abdulaziz
29 may 2026, 15:15
Jahon chempionati har to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi hisoblanadi.

Mundial orqali har bir futbolchi o'zining kuchli tomonlarini ko'rsatishga intiladi. Tabiiyki, bu orqali kuchli klublar nazariga tushish osonroq. "Crvena Zvezda" va "Paxtakor" sobiq himoyachisi Boyan Miladinovich bu borada o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

"Jahon chempionati katta reklama maydoni ham hisoblanadi. Har bir futbolchi o'zini yaxshi ko'rsatadi. Shomurodov, Husanov, Fayzullaev kabi nomlarni butun dunyo yodlab olgan. Yana bir qancha mahoratli futbolchilar borligi shubhasiz. Aynan bu mundialdan so'ng butun dunyo agentlari, klublarning skautlarining nigohi O'zbekistonga, chempionatga qaratiladi deb o'ylayman. Ular ijobiy manoda boshqacha qarashni boshlashadi. Yangi Shomurodov, Husanovlar qidiriladi. Bu mamlakatda qanday texnik ijrochilar borligini ko'rib olishadi. Jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi kuchli tomonlarini ommmaga namoyon qilishini tilab qolaman", – deydi Boyan Miladinovich.

3.jpg

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia