Braziliya terma jamoasi sakkizta gol urilgan o'yinda Panamani tor-mor etdi

1 iyun 2026, 07:27
Braziliya milliy terma jamoasi Panama bilan to'qnash kelgan o'rtoqlik uchrashuvi yakunlandi.

O'yin braziliyaliklarning 6:2 hisobidagi yirik g'alabasi bilan yakun topdi.

G'oliblar tarkibida Vinisius Junior, Kazemiro, Rayan, Lukas Paketa, Igor Tyago va Danilo gol urishga muvaffaq bo'lishdi.

Shuningchas, Braziliya tarkibida hujumchi Mateus Kunya o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi. Panamadan yana bir golni Karlos Xarvi kiritdi.

Ta'kidlab o'tish joizki, Braziliya va Panama terma jamoalari JCH-2026 musobaqasiga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Braziliya milliy terma jamoasi guruhda Marokash, Gaiti va Shotlandiya bilan kuch sinashadi. Panama terma jamoasi esa o'z navbatida Angliya, Xorvatiya va Gana bilan bir guruhdan joy olgan.

Futbol bo'yicha jahon chempionati 2026 yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com