

Musobaqa oldidan har ikki jamoa rasmiylari ishtirokida tashkiliy uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda bo'lajak o'yinga oid bir qator tashkiliy masalalar, reglament talablari yuzasidan zarur tushuntirish va eslatmalar berib o'tildi.
Yig'ilish doirasida jamoalarning uchrashuvda foydalanadigan ekipirovkalari ham tasdiqlandi. Unga ko'ra, Kanadaga qarshi bahsda O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari to'liq oq libosda, darvozabon esa yashil libosda harakat qilishi ma'lum bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan 2 iyun kuni ertalab soat 06:00 da "Commonwealth" stadionida start oladi.



