PSJ futbolchilari YCHL finalidagi g'alaba uchun 1 million evrodan oladi

Sherzod Nurmatov
29 may 2026, 19:50
PSJ futbolchilari 2025/26 yilgi Chempionlar Ligasi finalida "Arsenal"ni mag'lub etsa, katta miqdorda bonuslarga ega bo'ladi.

Manbaga ko'ra, sovrinni yutib olish uchun bonus har bir futbolchi uchun taxminan 1 million evroni tashkil qiladi. Xuddi shu miqdor 2024/25 yilgi mavsum uchun ham ko'zda tutilgandi, o'shanda parijliklar Chempionlar Ligasi finalida "Inter"ni 5:0 hisobida tor-mor etgandi.

Bonuslar mavsum boshida muhokama qilingan. Klub rahbariyati bilan muzokaralarni Markinos, Ashraf Hakimi, Usmon Dembele va Vitinya olib borgan.

PSJ va "Arsenal" o'rtasidagi Chempionlar Ligasi finali 30 may, shanba kuni Vengriyaning Budapesht shahridagi "Pushkash Arena"da bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe