Arteta - BBC talqinida APLning mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi

Sherzod Nurmatov
29 may 2026, 13:08
"Arsenal" ustozi Mikel Arteta BBC tomonidan Premer-liganing 2025/26 yilgi mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

"Kanonirlar" 44 yoshli ispaniyalik mutaxassis qo'l ostida 22 yil ichida birinchi marta APL titulini qo'lga kiritdi.

London klubi 38 turda 85 ochko to'pladi va 1-o'rinni egalladi, jamoa eng yaqin taqibchisi "Manchester Siti"dan 7 ochkoga o'zib ketdi.

Avvalroq "Arsenal"ning 5 nafar futbolchisi APL ramziy jamoasiga kirgandi. Shuningdek, Deklan Rays mavsum futbolchisi deb topilgan edi.

"Arsenal" o'z tarixida 14-marta Angliya chempionatida g'olib bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC