"Tottenxem" argentinalik himoyachi bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi

Sherzod Nurmatov
29 may 2026, 18:45
BBC nashrining xabar berishicha, "Tottenxem" "Bornmut" himoyachisi Markos Senesi bilan kelishuvga erishdi.

Manbaga ko'ra, 29 yoshli argentinalik bilan shartnoma shartlari kelishib olingan, faqat yakuniy rasmiyatchiliklar qolgan. London klubi bu kelishuv bo'yicha "Manchester Yunayted" va "Chelsi"ni ortda qoldirgan.

Senesi 2025/26 yilgi mavsum 39 o'yinda qatnashib, 5 ta golli pas uzatgan. Transfermarkt uning qiymatini 22 million evroga baholamoqda.

Avvalroq o'yinchi "Feyenoord" va "San Lorenso" jamoalarida harakat qilgan.

Eslatib o'tamiz, Senesi Argentinaning JCH uchun 26 kishilik ro'yxatiga kira olmagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC