

“Mazkur bahsda terma jamoamiz to'liq tarkibda ishtirok etishi kutilmoqda.
Avval xabar berganimizdek, Abduqodir Husanov ham terma jamoa yig'iniga kelib qo'shildi.
Eslatib o'tamiz, jamoamiz Kanada bilan uchrashuvdan so'ng yana Nyu-Yorkdagi bazaga qaytadi va 8 iyun kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan Niderlandiyaga qarshi uchrashuv uchun tayyorgarlikni davom ettiradi”, – deyiladi xabarda.

Ma'lumot o'rnida, bellashuv 2 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 06:00 da boshlanadi. Uchrashuv “Zo'r TV” orqali namoyish etiladi.



