"8 yil. 16 ta unvon. Meros". "Bavariya" Gorecka bilan xayrlashdi

Sherzod Nurmatov
29 may 2026, 20:15
"Bavariya" yarim himoyachi Leon Goreckani munosib ravishda kuzatib qo'ydi.

31 yoshli xavbek 2025/26 yilgi mavsum oxirida Myunxen klubini tark etadi.

"8 yil. 16 ta unvon. Meros. Hammasi uchun rahmat, Leon. Sizning sayohatingiz tariximizning bir qismi bo'ladi", – deyiladi klub matbuot xizmati bayonotida.

Gorecka 2018 yilning yozida "Shalke"dan kelib qo'shilgan. U myunxenliklar bilan 7 marta Germaniya chempioni bo'lgan, 3 marta Germaniya Kubogi, 4 marta Germaniya Superkubogi sohibi bo'lgan, Shuningdek, Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi va FIFA Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida g'olib chiqqan.

Gorecka "Bavariya" safida jami 312 o'yin o'tkazib, 51 ta gol urgan va 53 ta golli pas uzatgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbayern.com