Barji "Barselona"dan ketadi

Sherzod Nurmatov
29 may 2026, 17:55
Sport.es xabariga ko'ra, "Barselona" vinger Runi Barji bilan xayrlashmoqchi.

Manbaning so'zlariga ko'ra, 20 yoshli shvetsiyalik futbolchi Kataloniya jamoasida kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotganidan norozi va transfer bo'lishga tayyor. Biroq u doimiy transfer o'rniga ijara variantida qatiy turib oladi.

Ayni paytda "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Barjiga yozda ketishi mumkinligini takidlagan.

Barji kataloniyaliklar tarkibida 2025 yilning iyulidan beri o'ynab kelmoqda. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Vinger 2025/26 yilgi mavsum 28 o'yinda 2 ta gol urdi va 4 ta golli pas uzatdi. Transfermarkt uni 15 million evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es