Portugaliya terma jamoasi murabbiyi: "Gol kerak bo'lgan o'yinda futbol tarixidagi eng yaxshi to'purarni almashtirishdan mano yo'q"

18 iyun 2026, 19:15
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines JCH-2026ning DR Kongoga qarshi kechgan dastlabki uchrashuvida (1:1) nima sababdan hujumchi Krishtianu Ronalduni zaxiraga olishni istamaganini tushuntirib berdi.

Portugallarning 41 yoshli sardori maydonda to'liq 90 daqiqa harakat qildi va golli vaziyatlarda qatnashmadi.

"Bugungidek raqib jarima maydonchasiga kirib borish qiyin bo'lgan o'yinda Krishtianuning fazilatlaridan foydalanish juda muhim edi.

Bizga gol kerak bo'lib turgan bahsda futbol tarixidagi eng yaxshi to'purarni almashtirishdan hech qanday mano yo'q. Uning jarima maydoni ichidagi tajribasi, shuningdek, himoyachilarni o'zi bilan ergashtirib, boshqalarga joy ochib berishi juda muhim ahamiyatga ega... Maydonda har bir futbolchining o'z vazifasi bor va biz gol haqida o'ylaganimizda, bizga Krishtianu kerak bo'ladi.

Biz Krishtianuning yoshiga emas, uning maydonda jamoaga nima bera olishiga qaraymiz", - deya Martinesning so'zlarini Record nashri iqtibos sifatida keltiradi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Record