Messi Ronalduning rekordini yangiladi

17 iyun 2026, 09:32
Bugun Argentina terma jamoasi futbol bo'yicha 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan uchrashuvda Jazoir milliy jamoasini 3:0 hisobida tor-mor etdi.

Uchrashuvdagi barcha uchta golga afsonaviy argentinalik hujumchi Lionel Messi mualliflik qildi.

MisterChip nashrining xabar berishicha, Messi 38 yoshu 357 kunligida ushbu muvaffaqiyatga erishib, jahon chempionatlari tarixida xet-trik qayd etgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi va yangi rekord o'rnatdi. Bungacha mazkur rekord portugaliyalik Krishtianu Ronalduga tegishli edi. Ronaldu JCH-2018 doirasida Ispaniyaga qarshi kechgan bahsda (3:3) 33 yoshu 130 kunligida xet-trik rasmiylashtirgan edi.

Avvalroq, Messi jahon chempionatlarida urilgan gollar soni bo'yicha Germaniya terma jamoasi sobiq hujumchisi Miroslav Klozega yetib olgani haqida xabar berilgan edi. Ikki futbolchi hisobida ham 16 tadan gol mavjud bo'lib, bu turnir tarixidagi eng yaxshi ko'rsatkichdir.

O'xshash yangiliklar


Manba: MisterChip