Xaminton Kampas: "Kolumbiya buyuk ishlarga qodir"

18 iyun 2026, 18:20
O'zbekiston ustidan qozonilgan g'alabaga (3:1) nuqta qo'ygan kolumbiyalik yarim himoyachi Xaminton Kampas muxlislarga minnatdorchilik bildirdi va o'zi uchun noodatiy usulda urgan goli haqida gapirdi.

"Faoliyatim davomida, bunisini qo'shib hisoblaganda, bosh bilan bor-yo'g'i uchta gol urganman. Bu shunday qurolki, inson undan kerakli vaqtda foydalanadi va Xudoga shukurki, bugun bu yana sodir bo'ldi.

Murabbiylar bizdan shiddat talab qilishdi. Oldinga ko'p o'tayotgan raqib qanot himoyachilarini ortda qoldirishimni so'rashdi va bu o'yin davomida o'z o'znini oqladi", dedi 26 yoshli futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS Colombia