Janni Infantino terma jamoamizni jahon chempionatidagi debyut bilan tabrikladi

18 iyun 2026, 17:36
Futbol bo'yicha milliy terma jamoamizni qo'llab-quvvatlash uchun Meksikaga tashrif buyurgan O'zbekiston rasmiylari “Acteka” stadionida FIFA Prezidenti Janni Infantino bilan uchrashishdi.

Samimiy suhbatda janob Infantino terma jamoamizni tarixiy debyut bilan qutladi va kelgusi o'yinlarda omad tiladi.

O'z navbatida, Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo'mitalari, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati FIFA raisiga minnatdorchilik bildirib, Kolumbiyaga qarshi bahs milliy futbolimiz rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etishini bildirishdi.

Shuningdek, rasmiylar Kolumbiya futbol federatsiyasi prezidenti, FIFA kengashi a'zosi Ramon Xesurunni qo'lga kiritilgan g'alaba bilan tabriklashdi va esdalik sovg'asini taqdim etishdi.

photo_2026-06-18_15-36-02 (5).jpgphoto_2026-06-18_15-36-02 (4).jpgphoto_2026-06-18_15-36-01 (3).jpgphoto_2026-06-18_15-36-02 (3).jpgphoto_2026-06-18_15-36-02 (2).jpgphoto_2026-06-18_15-36-02.jpgphoto_2026-06-18_15-38-43.jpgphoto_2026-06-18_15-36-01 (2).jpgphoto_2026-06-18_15-36-01.jpg

O'xshash yangiliklar


Manba: Olympic.uz