

"Har safar ushbu libosni kiyganimizda, xuddi birinchi kundagidek g'urur, ishtiyoq va mas'uliyatni his qilamiz. Ertaga yangi bob boshlanadi. Biz ushbu damga yetib kelish uchun qattiq mehnat qildik, endi esa o'z mamlakatimiz va bizni shu yerda hamda butun dunyo bo'ylab qo'llab-quvvatlayotgan barcha portugaliyaliklar uchun bor kuchimizni berish vaqti keldi. Biz kabi ishoning!" - deb yozdi Ronaldu o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.
Jahon chempionatining 2-turida portugaliyaliklar O'zbekiston terma jamoasi bilan (23 iyun), 3-turida esa Kolumbiya bilan (28 iyun) kuch sinashadi.



