Rustam Ashurmatov: "O'zimizning xatolarimiz tufayli gol o'tkazib yubordik"

18 iyun 2026, 17:55
O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov bugungi uchrashuvdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Birinchi bo'lim biroz qiyin boshlandi. Kutilmaganda gol o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limda esa o'z o'yinimizni yo'lga qo'yib, uni jonlantira oldik. Hisobni ham tenglashtirdik. Biroq shundan so'ng yana o'zimizning xatolarimiz tufayli gol o'tkazib yubordik.

- Bugungi uchrashuvda juda ko'p yakkakurashlar bo'ldi. Shu sababli jamoa qiynaldi deb o'ylaysizmi?

- Yo'q, unday deb o'ylamayman. Chunki ko'p yakkakurashlarda yutqazdik deb hisoblamayman. Ancha-muncha vaziyatlarda g'olib ham chiqdik. Kolumbiya tarkibida ko'plab yuqori saviyali futbolchilar bor va shu sababli ham ular o'yinda ko'proq ustunlikka erishishdi. Lekin biz o'z imkoniyatlarimizdan kelib chiqib, ikkinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik deb o'ylayman.

- Portugaliyaga qarshi uchrashuv haqida nima deya olasiz? Ularning bugungi o'yinini ko'rdik, ular bilan ham bemalol o'ynasa bo'ladi.

- Aslida bugun ham ochko olishimiz mumkin edi, biroq biroz omad yetishmadi. Keyingi o'yinlarda borimizni berishga harakat qilamiz. Har qanday jamoaga qarshi o'ynash mumkinligini ushbu turnirda ko'plab terma jamoalar isbotlab qo'ydi. Maksimal darajada harakat qilamiz.

1781764220808.jpg

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia