
JCH-2026 guruh bosqichi doirasidagi ushbu uchrashuv durang (1:1) natijasi bilan yakunlandi, Ronaldu esa maydonda samarali harakatlari bilan ajralib tura olmadi.
"Biz u avvalgidek kuchli emasligini bilardik, shu sababli maydonda kamroq yugurishini tushunib turgandik. Men undan balki sal ko'prog'ini kutgandim, ammo bu tabiiy hol - uning yoshi o'tib bormoqda. Shunga qaramay, unga qarshi o'ynash men uchun sharafdir", - deya Mukauning so'zlarini The Athletic nashri keltirdi.
Ma'lumot uchun, 41 yoshli Ronaldu DR Kongoga qarshi bahsda to'pga bor-yo'g'i 25 marta tegindi - bu portugaliyalik yulduzning yirik musobaqalardagi eng yomon ko'rsatkichi bo'ldi.