

Krishtianu Ronaldu oltita Jahon chempionatida maydonga tushgan tarixdagi ikkinchi futbolchiga aylandi. 41 yoshli hujumchi Portugaliya terma jamoasining JCH-2026 guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan DR Kongoga qarshi o'yinida (0:0, birinchi bo'lim) asosiy tarkibda maydonga tushdi. Avvalroq Lionel Messi o'z faoliyatidagi oltinchi Jahon chempionatida ishtirok etgan edi - Argentina terma jamoasi hujumchisi Jazoirga qarshi o'yinda (3:0) xet-trik qayd etdi.



