

Bu haqda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi terma jamoalar bo'limi rahbari Usmon Toshev “Sport24” nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi.
"O'zbekiston milliy terma jamoasi Rossiyaga qarshi eng kuchli tarkibi bilan o'ynaydi. Ishonchingiz komil bo'lsin, barcha yulduzlarimiz safda bo'ladi.
Abbos Fayzullayev, Eldor Shomurodov, Abduqodir Husanov, Oston O'runov va boshqa asosiy futbolchilar ushbu uchrashuvda ishtirok etadi", – dedi Toshev.
Ma'lumot uchun, O'zbekiston va Rossiya milliy terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi 12 noyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tadi.



