“O'zbek klassikosi”da noto'g'ri penalti belgilandi. Superliganing 25-turidagi hakamlik tahlili

Оқил Абдубарноев
27 okt 2026, 14:50
Championat.Asia saytining hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram-kanali) o'z hakamlar jamoasi bilan birgalikda O'zbekiston Superligasining 25-turidan o'rin olgan bahsli vaziyatlarni tahlil qildi.

❌✅ "Bunyodkor" – "Mashal

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

"Bunyodkor" himoyachisi raqibning axill tovoni qismiga butsasining tishlari bilan zarba berib, unga jiddiy jarohat etkazish xavfini yuzaga keltirgan holda qoida buzmoqda. To'g'ri qaror – penalti va qo'pol qoidabuzarlik uchun qizil kartochka. Bu vaziyatda hujumkor futbolchi tomonidan simulyaciya ishlatilmagan. Biroq "Mashal" futbolchisi maydonga yiqilganidan so'ng darhol o'rnidan turib, o'yinni davom ettirgani sababli, yakunda gol to'g'ri hisobga olingan.

✅ "Bunyodkor" – "Mashal"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Hakam o'yinni davom ettirib, to'g'ri qaror qabul qildi. "Bunyodkor" himoyachisining qo'li tanaga yaqin va tabiiy holatda edi.

✅ "Paxtakor" – "Neftchi"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Bu vaziyatda tovonga "bosish" holatini ko'rmayapmiz, ammo "Neftchi" himoyachisining tizzasi raqib butsasiga tegganini ko'rish mumkin. Mazkur holatda orqada turgan futbolchi o'z harakatlari uchun javobgardir. To'g'ri qaror – ehtiyotsizlik oqibatidagi qoidabuzarlik uchun penalti belgilash.

✅ "Paxtakor" – "Neftchi"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Dastlab futbolchilar qo'llaridan foydalangan holda o'zaro kurash olib borishmoqda, shundan so'ng "Paxtakor" hujumchisi o'zaro to'qnashuvni kuchaytirgan holda yiqilmoqda. Fikrimizcha, hakam o'yinni davom ettirish orqali to'g'ri qaror qabul qildi.

❌ "Paxtakor" – "Neftchi"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

"Paxtakor" himoyachisi tomonidan raqibni ushlab qolish holati arzimas darajada bo'lib, "Neftchi" hujumchisining oldinga harakatlanishiga hech qanday ta’sir ko'rsatmadi. Bizningcha, to'g'ri qaror – o'yinni davom ettirish.

❌ "Paxtakor" – "Neftchi"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Bunday mojarolar ogohlantirishsiz qolmasligi kerak. Mazkur videoga asoslanib, bizningcha, hakam to'rtta sariq kartochka ko'rsatishi lozim edi: "Paxtakor"dan 90 hamda 7-raqamli, shuningdek, "Neftchi"dan 6 va 20-raqamli futbolchilarga.

❌ "Buxoro" – "Surxon"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Hakam sportga xos bo'lmagan xulq-atvori uchun "Surxon" darvozaboniga sariq kartochka ko'rsatishi lozim edi. U jarima maydonchasidan chiqib harakat qilganidan so'ng, to'pni qo'liga olib, maydonga uloqtirdi va shu orqali raqibning to'pni tezda o'yinga kiritishiga to'sqinlik qildi.

✅ "Buxoro" – "Surxon"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Ushbu vaziyatda hakamning qarorini qo'llab-quvvatlaymiz. To'g'ri, to'qnashuv kuchli emasdi, biroq bu "Surxon" hujumchisining oldinga siljishiga ta’sir qildi. "Buxoro" himoyachisi tezlikda oldga borayotgan hujumchini qo'li bilan "burib yubordi". Bu esa uni muvozanatdan chiqarish uchun etarli bo'ldi. Raqibni yaqqol gol urish imkoniyatidan mahrum qilgani uchun – qizil kartochka.

✅❌ "Nasaf" – "So'g'diyona"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

"So'g'diyona" futbolchisi raqibini ochiqchasiga ushlab qolib, unga to'p bilan o'ynash imkonini bermayapti. To'g'ri qaror – penalti va sariq kartochka.

P.S. Sariq kartochka ko'rsatilmagan.

❌ OKMK – "Qo'qon-1912"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Vaziyat darvozadan juda uzoqda, markazda emas va to'p to'liq hujumkor futbolchi nazoratida bo'lmagan holatda sodir bo'ldi. Ushbu yakkakurashdan so'ng OKMK hujumchisi to'pni qabul qilib, darvozagacha yana taxminan 50 metr masofani bosib o'tishi kerak edi. Biz uchun bu istiqbolli hujumni barbod qilgani sababli ko'rsatilishi lozim bo'lgan sariq kartochkadir.

❌ "Dinamo" – "Andijon"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

"Dinamo" futbolchisi yuqori tezlikda darvozabonga urilib ketdi va shu bilan birga to'pga o'ynamadi. Bu qo'pol o'yin uchun beriladigan sariq kartochka hisoblanadi.

❓ "Dinamo" – "Andijon"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Agar "Dinamo" futbolchisi mazkur vaziyatda gol urganida, to'pga qo'l bilan o'ynalganligi sababli uni bekor qilish lozim bo'lardi.

✅ "Dinamo" – "Andijon"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Hakam o'yinni davom ettirib, to'g'ri qildi. "Andijon" himoyachisining qo'li tanadan g'ayritabiiy ravishda uzoqlashmagan edi va bu qoidabuzarlik sanalmaydi.

✅ "Qizilqum" – "Lokomotiv"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

To'p maydonni to'liq tark etmagani yaqqol ko'rinib turibdi, demak, hakam yordamchisi to'p chiqib ketmaganligini qayd etib, to'g'ri qaror qabul qilgan. "Qizilqum"ning goli qoidalarga muvofiq urilgan.

✅ "Qizilqum" – "Lokomotiv"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

VAR vaziyatga to'g'ri aralashdi. O'yindan tashqari holat noto'g'ri qayd etilgan, "Qizilqum" himoyachisining o'ng oyog'i darvoza chizig'iga yaqinroq edi. To'g'ri qaror – gol.

❌❓ "Xorazm" – "Navbahor"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Hakam golni bekor qilgani yo'q, balki to'p "Xorazm" darvozasidan joy olguniga qadar bo'lgan qoidabuzarlikni qayd etdi. VAR tizimi ishlab turgan bir vaqtda, to'p darvoza chizig'ini kesib o'tganidan so'ng hushtak chalish va videoassistentga vaziyatni tekshirish uchun imkoniyat yaratish to'g'riroq bo'lardi. Ushbu rakurslar orqali hakamning xato qilganini isbotlovchi dalillar yo'q. Umumiy kameradan o'zaro to'qnashuv ko'rinmoqda, biroq biz u "Xorazm" himoyachisining yiqilishi, natijada, "Navbahor" futbolchisi tomonidan qoida buzilishi uchun etarli yoki etarli emasligini tasdiqlay olmaymiz.


Shu tariqa, Superliganing 25-turi uchrashuvlarida hakamlar tomonidan 8 ta xatoga yo'l qo'yildi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia