Rasman: Palmer shartnomani uzaytirdi va uning maoshi oshdi

10 okt 2026, 15:12
"Chelsi" yarim himoyachisi Koul Palmer klub bilan yangi shartnoma imzoladi.

24 yoshli angliyalik futbolchi londonliklar bilan kelishuvini yana bir yilga - 2034 yil yoziga qadar uzaytirdi.

"The Athletic" ma'lumotiga ko'ra, yangi shartnoma futbolchining jamoadagi o'rnini inobatga olgan holda yaxshilangan moliyaviy shartlarni ham o'z ichiga oladi. Palmerning avvalgi shartnomasi 2033 yilgacha amal qilardi.

Avvalroq futbolchining klubni tark etishi mumkinligi haqida turli xabarlar tarqalgandi. Biroq Palmer aprel oyida "Chelsi"dan ketishni rejalashtirmayotganini bildirgan.

Palmer 2023 yilda "Manchester Siti"dan "Chelsi"ga o'tgan. Shundan beri u jamoa safida 138 ta uchrashuvda maydonga tushib, 58 ta gol urgan va 34 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

2025 yilda angliyalik futbolchi "Chelsi" bilan Konferenciyalar ligasi va klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida g'olib chiqqan. U Jahon chempionati finalida PSJga qarshi bahsda dubl qayd etgan.

Palmer joriy mavsumda barcha turnirlarda 7 ta uchrashuv o'tkazib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Athletic