

Angliyalik futbolchi “France Football” jurnali talqiniga ko'ra 2025/26 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
"Tottenxem Hotspur"ga ham rahmat. Agar "Tottenhem" bo'lmaganida, men bugun turgan joyimda bo'lmasdim. Barcha rahbarlar, barcha murabbiylar, siz menga orzum bilan yashash imkonini berdingiz. Ushbu yo'ldagi barcha lahzalar, barcha ko'tarilishlar va pasayishlar meni bugungi ushbu daqiqaga olib keldi.
Barcha muxlislarga: "Bavariya"ga, Angliya muxlislariga, "shporlar" ishqibozlariga va butun dunyodagi barcha muxlislarimga rahmat. Bugun oqshom ushbu zalda turib sizlarni yaxshi ko'rishimni aytaman. Menga ko'rsatayotgan barcha qo'llab-quvvatlovingizni juda qadrlayman.
Yaqindagina o'zim ham muxlis bo'lganimni va futbol o'ynash nimani anglatishini juda yaxshi eslayman. Bu mening orzum edi. Sizlarga minnatdorlik bildirish uchun har bir imkoniyat tug'ilganda, bu men uchun sharaf va imtiyozdir", – dedi 33 yoshli Keyn Londondagi tantanali marosimda.
Keyn 2011 yildan 2023 yilgacha ijara muddatlarini hisobga olmaganda "Tottenxem" safida to'p tepgan. U ushbu jamoa tarkibidagi 317 ta uchrashuvda 213 ta gol urgan.



