

"Chelsi" xavbeki jarohat sababli Angliya terma jamoasi qaydnomasidan chiqarib tashlandi. Bundan oldin futbolchi yuklamani kamaytirish uchun milliy jamoaning yaqin oradagi yig'inini o'tkazib yuborishga o'zi qaror qilgani haqida ma'lumot paydo bo'lgan edi.
- Mayli, o'ylashimcha, uning jarohatlari qanday bo'lishidan qati nazar - agar umuman jarohat olgan bo'lsa... Men uning "Brentford"ga qarshi oxirgi o'yinini tomosha qildim va agar siz u Angliya terma jamoasini yangi bosqichga olib chiqadi hamda sovrinlar yutishga yordam beradi deb hisoblasangiz, buni unuting.
Menga Palmer yoqadi, u iqtidorli yigit, ammo, mening fikrimcha, unda yomon odatlar juda ko'p, - dedi Kin talkSPORT efirida.



