

“O'yin aslo oson kechmadi. Birinchi bo'lim ikkala tomon uchun ham ehtiyotkorlik bilan o'tdi, taktik intizom sababli hujumdagi echimlar ko'rinmadi. Ammo biz tanaffus paytida bazi xatolarni to'g'rilab, ko'proq bosim o'tkazish bo'yicha kerakli ko'rsatmalarni bera oldik.
Futbolchilarning butun bahs davomida ko'rsatgan yuqori jangovar ruhi va maydondagi intizomidan juda ham xursandman.
Xudoga shukrki, kerakli vaqtda sardor Saad Abdulamir o'z tajribasini ishga soldi va bizga qimmatli golni taqdim etdi. Himoyachilarimizning matonati esa ushbu ustunlikni saqlab qolishga yordam berdi", – dedi o'monlik mutaxassis.



