Palmer Angliya terma jamoasi yig'iniga bormaydi

Sherzod Nurmatov
21 sen 2026, 19:00
"Chelsi" yarim himoyachisi Koul Palmer jarohat tufayli Millatlar Ligasining sentyabr va oktyabr oylaridagi o'yinlarida qatnashmaydi.

Palmer so'nggi bor mart oyida terma jamoa safida maydonga tushgandi. U AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tgan JCH-2026 qaydnomasiga kiritilmagandi.

Shuningdek, Angliya terma jamoasining bo'lajak o'yinlarini "Manchester Yunayted" futbolchilari Markus Reshford va Kobbi Maynu ham o'tkazib yuborishi mumkin - ular APL 5-turidan o'rin olgan "Fulhem"ga qarshi uchrashuvda (1:1) jarohat olishgan. Ular bo'yicha qaror tibbiy tekshiruvlardan so'ng qabul qilinadi.

26 sentyabr kuni Angliya Londonda Ispaniyaga qarshi bahs olib borsa, 29 sentyabrda Pragada Chexiya bilan, 3 oktyabrda esa Riekada Xorvatiya bilan kuch sinashadi. 6 oktyabr kuni esa Angliya Chexiyaga qarshi yana bir uchrashuv o'tkazadi, biroq bu safar Londonda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic