

"Chelsi" men uchun juda ko'p narsani anglatadi. Klub to'g'ri yo'nalishda harakat qilmoqda deb hisoblayman, shu bois yangi shartnoma imzolaganimdan xursandman.
Klub xo'jayinlari, sport direktorlari va, shubhasiz, bosh murabbiy bilan suhbatlashdim. Ular menga katta ishonch bag'ishlashdi, shuning uchun bitim imzolash to'g'ri qaror bo'ldi.
Shuningdek, men futbolchilar bilan ham gaplashdim. Barchamizning ambiciyalarimiz bir xil. Biz muntazam ravishda katta sovrinlarni qo'lga kirita olishimizni his qilyapman va ushbu jarayonning bir qismi bo'lishni hamda unda muhim rol o'ynashni istayman", – dedi Palmer.


