O'zbekiston terma jamoasi noyabrda Rossiya bilan o'ynashi mumkin
Aslanov Jasurbek
12 okt 2026, 22:46
O'zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi kerak va raqiblardan biri katta ehtimol bilan Rossiya terma jamoasi bo'ladi
Bu haqda RB Sport xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekiston - Rossiya bahsi O'zbekistonda bo'lib o'tadi.
Rossiyaning noyabrdagi ikkinchi ehtimoliy raqibi Afg'oniston bo'lishi mumkin.