

- O'yin haqida fikringiz?
- Uchrashuvni yomon boshlamadik, raqibimiz mehmonda himoyaviy futbol namoyish etishini va qarshi hujumlarda harakat qilishini bilardik. O'yindan oldin yigitlarga o'z maydonimizda yaxshi jamoa bilan o'ynaymiz, muxlislarni xursand qilishimiz kerak degan gaplarni aytdik.
Bahsni hujumkor boshladik, bir necha bor hujumga o'tdik, standartlarga ega bo'ldik. Xavfli hujumlar asosan biz tomondan bo'ldi. Raqib esa qarshi hujumlarda jazoladi. Afsus, ketma-ket g'alabalar seriyamiz bugungi o'yinda to'xtadi, bundan juda xafamiz. Futbolda doim yutishning iloji yo'q. Xatolar ustida ishlaymiz va keyingi o'yinlarda yana ijobiy natija ko'rsatishga harakat qilamiz.



