Kannavaro "Oltin to'p"ga loyiq futbolchi kimligini aytdi

10 okt 2026, 16:56
O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi, Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Fabio Kannavaro PSJ vingeri Xvicha Kvaratsxeliya "Oltin to'p"ga loyiq ekanini ta'kidladi.

Kannavaroning fikricha, gruziyalik futbolchi o'tgan mavsumda Chempionlar ligasida eng katta ta’sir ko'rsatgan o'yinchilardan biri bo'lgan va sovrin uchun ovoz berish imkoniyati bo'lganida, u hech ikkilanmay Xvichani tanlagan bo'lardi.

"Mening xotiram yaxshi, faqat so'nggi voqealarga e'tibor qaratib qolmayman. O'tgan mavsumda Chempionlar ligasida futbol nuqtayi nazaridan eng katta ta’sir ko'rsatgan futbolchi Kvaratsxeliya bo'ldi.

Agar ovoz berishim kerak bo'lganida, hech ikkilanmasdim. Albatta, har kim Jahon chempionatiga qarashi, Mbappe yoki Messi va uning faoliyati haqida o'ylashi mumkin. Ammo Xvicha haqiqatan ham aql bovar qilmas ishlarni amalga oshirdi", - dedi Kannavaro.

Kannavaro 2006 yilgi “Oltin to'p” egasi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: La Gazzetta dello Sport