

Elit OCHL
2-tur
“Paxtakor” – “Al Qodisiya” 0:1
Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 18:45
Gol: 0:1 – 35, Tijjani Reynders (Kristofer Baa)
"Paxtakor": 12. Vladimir Nazarov, 4. Zaid Tahsin, 5. Morteza Purali Ganji, 7. Hojiakbar Alijonov, 10. Akmal Mozgovoy, 21. Bashar Resan, 23. Abdurauf Bo'riev, 34. Sherzod Nasrullaev, 50. Flamarion Filho, 55. Muhammadrasul Abdumajidov, 90. Stefen Chinedu.
Zaxira: 35. Sanjar Quvvatov, 99. Maksim Murkaev, 6. Sardor Mirqobilov, 8. Dilshod Saitov, 9. Ibrohim Ibragimov, 16. Miraziz Abdukarimov, 17. Dostonbek Hamdamov, 20. Dilshod Abdullaev, 22. Muhammad-Bobur Karimov, 27. Sardor Sobirxo'jaev, 29. Aymen Husayn, 77. Oybek Bozorov.
"Al Qodisiya": 1. Koen Kastels, 4. Jehad Zikri, 5. Yulian Vaygl, 8. Nahitan Akosta, 10. Musab Al Juvayr, 14. Tijjani Reynders, 17. Pedro Gaston, 22. Kristofer Baa, 26. Ali Diabate, 32. Mateo Retegi, 33. Xulian Kinones.
Zaxira: 28. Ahmad Al Kassar, 50. Meshari Abdulaziz Sunyur, 7. Turki Alammar, 9. Abdullah Ibrohim Salem, 12. Yasir Ash-Shahroni, 15. Muhammad Al Qahtoni, 18. Abdulmalik Solih Al Jober, 27. Eyad Hussa, 30. Mahamadu Sangare, 35. Ahmad Al Siyahi, 70. Sulaymon Sani.
Ogohlantirish: Akmal Mozgovoy (33)
⚽️ 35'. GOL! Kristofer Baa chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga yorib kirib, to'pni markazga uzatdi. U yerda bo'sh turgan Tijjani Reynders aniq zarba bilan darvozani ishg'ol qildi.
🟨 33'. Bosh hakamning hushtagi chalinganidan so'ng to'pni tepib yuborgani uchun Akmal Mozgovoy sariq kartochka bilan jazolandi.
31'. "Al Qodisiya" tezkor qarshi hujumga o'tdi. Hujum yakunida Xulian Kinones darvoza tomon zarba yo'lladi, biroq to'p to'sin yuqorisidan o'tib ketdi.
29'. Mateo Retegi jarima maydonchasi ichidan zarba yo'lladi, biroq to'p himoyachiga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Mehmonlar burchak to'pini o'yinga kiritadi.
🖥 26'. Musab Al Juvayr jarima maydonchasi ichiga to'pni uzatdi va Xulian Kinones darvozani aniq nishonga oldi. Biroq yon hakam o'yindan tashqari holat qayd etib, golni hisobga olmadi.
24'. Mateo Retegi olis masofadan darvoza tomon zarba yo'lladi, biroq Vladimir Nazarov to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi.
⚠️ 21'. Xavfli vaziyat! Sherzod Nasrullaev chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga aniq to'p uzatdi. Flamarion darvoza tomon zarba yo'lladi, biroq darvozabon Koen Kastels ajoyib seyv ko'rsatib, to'pni qaytarib qoldi.
⚠️ 15'. Xavfli vaziyat! Bashar Resan chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga to'pni uzatib berdi. To'pga chiqib borgan Flamarion bosh bilan darvozaga zarba yo'lladi, biroq uning zarbasi noaniq ketdi.
14'. "Al Qodisiya" himoyadan oldingi chiziqqa uzun uzatma amalga oshirdi. "Paxtakor" darvozaboni Vladimir Nazarov vaziyatni to'g'ri baholab, o'z vaqtida oldinga chiqdi va to'pni autga chiqarib yubordi.
9'. Hojiakbar Alijonov jarima zarbasidan to'pni raqib jarima maydonchasi ichiga uzatib berdi, ammo himoyachi Ali Diabate to'pni bosh bilan qaytarib, xavfni bartaraf etdi.
6'. Kristofer Baa chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga to'pni uzatdi, ammo himoyachi Zaid Tahsin to'p yo'liga g'ov bo'lib, uni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Mehmonlar autdan to'pni o'yinga kiritadi.
⚠️ 3'. Xavfli vaziyat! Sherigining uzatmasidan so'ng Tijjani Reynders darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borayotgan edi. Biroq himoyachi Zaid Tahsin ortdan katta tavakkal bilan podkat ishlatib, to'pni olib qo'ydi va xavfni bartaraf etdi.
⏱ 1'. Bosh hakamning hushtagi yangradi va uchrashuvga start berildi. To'pni maydon markazidan mehmonlar – "Al Qodisiya" futbolchilari o'yinga kiritishdi.
Jamoalar maydonga tushib kelishdi. "Paxtakor" sariq, "Al Qodisiya" esa och qizil rangli liboslarda to'p tepadi. Hammasi o'yin boshlanishiga tayyor.



