

"Eng e'tiborli xaridlarimizdan biri sifatida jamoamizga O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Otabek Shukurov kelib qo'shildi. Biz terma jamoa sardori bo'lgan va bu yilgi Jahon chempionatining barcha uchta o'yinida ishtirok etgan tajribali yarim himoyachini olib keldik. U endigina tarkibga qo'shildi", – deya ta'kidladi Rendulich.
Shuningdek, serbiyalik mutaxassis o'zbekistonlik yarim himoyachining o'yin uslubi va tajribasi haqida ham alohida fikr bildirdi:
"Umuman olganda, u aynan bizga kerak bo'lgan profildagi o'yinchi. Shukurov juda katta tajribaga ega bo'lgan 'box to box' (ikki jarima maydonchasi oralig'ida faol harakat qiladigan) yarim himoyachidir. Shunday darajadagi futbolchini jamoaga jalb qila olganimizdan juda xursandmiz. O'ylaymanki, o'z mamlakati terma jamoasi safida 90 dan ortiq o'yin o'tkazgan futbolchining transferi 'Radnik'ning klub sifatida sezilarli darajada o'sganini ko'rsatadi".



