"Barselona" ustoziga Vinisiusning chetlatilishi haqida savol berishdi

Aslanov Jasurbek
12 okt 2026, 22:34
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flikdan "Real" hujumchisi Vinisius Juniorning La Liga 8-turidagi "Vilyarreal" bilan o'yinda (1:0) qizil kartochka olgani va "qirollik klubi"ning hakamlik shaniga bildirgan tanqidlari haqidagi savoliga javob berishni istamadi.

- Umid qilamanki, qachondir siz ham madridliklarga qarshi o'ynamayotgan paytimizda "Real" haqidagi savollarga hech qachon javob bermasligimni tushunib etasiz. Oldimizda "Galatasaray" bilan uchrashuv kutib turibdi. Biz bu jamoani hurmat qilishimiz shart. Bu ajoyib stadionga va takrormas muhitga ega bo'lgan fantastik jamoa. Men "Real" haqida gapirishni xohlamayman, chunki bor e'tiborimizni bo'lajak o'yinimizga qaratishimiz kerak, - deydi Flikning so'zlarini AS nashri.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS