

- O'yin haqida fikringiz?
- "G'azalkent" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman va keyingi o'yinlarda omad tilayman. Raqib bizni birinchi davrada ham yutgandi. Ularda ko'zi yonib turgan yoshlar ko'p.
Yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik, lekin natija o'xshamadi. Mag'lubiyat uchun bor mas'uliyatni o'zimga olaman. Xatolar ko'p, to'g'risini aytsam, bazan o'zimning ham kuchim etmayapti. Balki yigitlarning tajribasini oshirishga kuchim etmayotgandir.
Biz ham bor imkoniyatdan kelib chiqib ishlayapmiz. O'zingiz ko'ryapsiz, qo'limdan kelgan hamma ishni qilyapman. Balki bu futbolchilarni yaxshi o'ynatish uchun boshqa murabbiy kerakdir.



