

- O'yin haqida fikringiz…
- Chiroyli o'yin guvohi bo'ldik. Uchrashuv yangi stadionda o'tkazildi va bu ham muxlislarga maqul keldi. Bahsning ayniqsa ikkinchi bo'limi qiziq tus oldi, har ikki tomonga hujumlar yog'dirildi. Shu bois futbolchilarimiz juda ko'p kuch yo'qotishdi.
Bundan avvalgi o'yinlarda yakkarashuvlarni boy berib koncentraciyani yo'qotib qo'yayotgandik, lekin bugun ancha o'zimizga kelib olganimiz ko'rindi. Afsuski, o'tkazib yuborilgan golda yana to'p nazoratini yo'qotib qo'ydik. Bu kabi xatolarni to'g'rilashga harakat qilamiz.
Bugungi g'alaba va o'yin uchun yigitlardan minnatdorman, jamoamiz yosh, o'yindan o'yinga o'sish bor. Xatolarimiz juda ko'p, sekin-asta kamayib boradi deb o'ylayman. Yoshlar shunday o'yinlar orqali katta futbolga tayyorlanib boradi.
Biz har bir bahsda yutuqni ko'zlab maydonga tushamiz. Mag'lubiyatga uchrasak bu katta muammo emas, ammo yoshlarni g'alabalar orqali katta futbolga o'rgatmoqchimiz.

