To'raev "Neftchi"ning O'zbekiston Kubogidagi raqibini taxmin qildi

Sherzod Nurmatov
28 may 2026, 20:30
O'zbekiston Kubogining navbatdagi bosqichiga qur'a tashlanishidan oldin Farg'onaning "Neftchi" jamoasi darvozaboni Akbar To'raev bo'lajak raqiblar va jamoaning rejalari haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Tajribali posbon bo'lajak bahs farg'onalik muxlislar uchun haqiqiy bayram bo'lishini ta'kidladi:

​"Aynan qaysi jamoa raqib bo'lishining u qadar farqi yo'q. Eng muhimi - o'z uyimizda o'ynaymiz. Bu yilgi mavsumda bizga tushishi mumkin bo'lgan deyarli barcha jamoalarga qarshi maydonga tushib ulgurdik.

​To'g'risini aytsam, bu yilgi Kubok bahslarida Birinchi va Pro-liga jamoalari juda yaxshi o'yin ko'rsatishmoqda. Shu sababli hali to'qnash kelmagan "Olimpik-Mobiuz" yoki "Jayxun" kabi jamoalar bilan ham kuch sinashib ko'rgan bo'lardik.
​Lekin yana bir bor qaytaraman: raqib kim bo'lishidan qati nazar, uchrashuvning Farg'onada o'tishi mahalliy muxlislar va butun vodiy ahli uchun qo'shimcha futbol bayrami bo'ladi. Bu juda ajoyib holat", – deydi Akbar To'raev.

Ma'lumot uchun, qur'a tashlash marosimi 2 iyun kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia