"Bolonya" sobiq hujumchisi Kannavaroni Anchelotti bilan, O'zbekistonni esa Koreya bilan solishtirdi

Sherzod Nurmatov
28 may 2026, 20:10
Rossiya terma jamoasi va A Seriyaning "Foja", "Bolonya" jamoalari sobiq futbolchisi Igor Kolivanov O'zbekiston terma jamoasi va bosh murabbiy Fabio Kannvaro haqida fikrlarini bildirdi.

- Siz A Seriyada Fabio Kannavaroga qarshi o'ynagansiz. Sizningcha, bunday darajadagi futbolchilar odatda qanday murabbiy bo'ladi?

- Hamma narsa bo'lishi mumkin. Masalan, Karlo Anchelotti ajoyib futbolchi edi va ulug' murabbiyga aylandi.

2.jpg

- Kannavaroning O'zbekiston terma jamoasini boshqarishi haqida gapiradigan bo'lsak, bu italiyalik murabbiy uchun g'ayrioddiy sinov. Bu haqda nima deysiz?

- Menimcha, ikki jihatning uyg'unligi: ishlash imkoniyati va qiziqarli sinov. O'zbekiston so'nggi yillarda sezilarli ravishda rivojlanmoqda va jamoa oldiga ma'lum maqsadlar qo'yilgan. Bundan tashqari, murabbiy uchun bu darajada o'zini ko'rsatish imkoniyati tug'ildi.

- U hozirda jamoani Jahon chempionatiga olib ketdi. Biroq natijalariga qarasak, hali murabbiy sifatida o'zini to'liq namoyon qila olmagan. Sizning bu boradagi fikringiz qiziq...

- Jahon chempionati har qanday holatda ham qiyin bo'ladi. Lekin bu o'zingizni ko'rsatish uchun ham yaxshi imkoniyat. Ehtimol, guruhdan chiqib, pley-offga yo'l olar. 2002 yildagi Koreyani eslang, o'shanda buni hech kim kutmagandi.

3.jpg

- Ha, biz hammamiz O'zbekiston terma jamoasini qo'llab-quvvatlaymiz. O'ylaymanki, siz ham kuzatib borasiz...

- Albatta. Tomosha qilish qiziq bo'ladi.

- Demak, Kannavaro va O'zbekiston terma jamoasi o'rtasidagi muvaffaqiyatli hamkorlikka ishonishimiz mumkinmi?

- Bazan hech kim kutmagan terma jamoalar porlaydi. Shunga o'xshash narsa sodir bo'lishi mumkin.

Aleksandr Troickiy suhbatlashdi

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia