Rasman: Neymar Braziliya terma jamoasining bo'lajak o'yinlarini o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
28 may 2026, 18:20
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar yaqinlashib kelayotgan o'rtoqlik o'yinlarida jamoasi safida maydonga tusha olmaydi.

34 yoshli futbolchi boldir mushaklaridagi noqulaylik tufayli tibbiy ko'rikdan o'tdi. Braziliya futbol konfederatsiyasiga ko'ra, u 2-3 haftani o'tkazib yuboradi. U u jarohat tufayli Panama (1 iyun) va Misr (6 iyun) terma jamoalariga qarshi o'yinlarda ishtirok etmaydi.

11 iyunda boshlanadigan Jahon chempionatida Braziliya "C" guruhida Marokash, Gaiti va Shotlandiyaga qarshi o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: cbf.com