

41 yoshli futbolchi Xorvatiya bilan qatnashadigan Jahon chempionatidan keyin faoliyatini yakunlamoqchi. "As" ma'lumotiga ko'ra, Luka faoliyatida biror narsani isbotlashga hojat qolmagan va butsalarni mixga ilishni cho'zishdan mano yo'q deb hisoblamoqda.
Modrich "Real"dan ketishi oldidan Florentino Peres futbolchiga istalgan vaqtda klubga qaytishi mumkinligini va biror lavozim berishga tayyorligini bildirgan.
O'z navbatida Lukaning o'zi ham klub tizimida ishlashga qarshilik qilmayapti. U klubda katta hurmatga ega inson bo'lgan va shu boisdan klubdagilar undan yaxshi maslahatchi yoki sport direktor chiqishi mumkinligini o'ylamoqda.



