O'zbekiston Kubogi pley-offiga yo'l olgan barcha ishtirokchilar aniq

Sherzod Nurmatov
28 may 2026, 16:10
1/8 final bosqichiga 2 iyun kuni qur'a tashlanadi.

27 may kuni O'zbekiston Kubogining guruh bosqichi uchrashuvlariga yakun yasaldi. Unga ko'ra, 1/8 finalda ishtirok etadigan 16 ta klub nomiga oydinlik kiritildi.

3.jpg

2 iyun kuni 19:00 da pley-off bosqichi uchun qur'a tashlanadi. Jarayon Liga sahifalari orqali jonli namoyish etiladi.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston Kubogi guruh bosqichini peshqadam sifatida yakunlagan klub 1/8 final bosqichini o'z maydonida qabul qiladi. Guruhda ikkinchi bo'lgan klub esa yagona o'yindan iborat pley-off bosqichini safarda o'tkazadi. Bir guruhda kurash olib borgan ikki klub 1/8 finalda o'zaro raqib bo'lmaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz