"Milan" Rangnikka taklif bilan chiqdi

28 may 2026, 20:51
Ralf Rangnik "Milan"da ish boshlashi mumkin, biroq bosh murabbiy sifatida emas.

Oldinroq Avstriya termasi bosh murabbiyining ish uslubi Zlatan Ibragimovichga maqul kelayotgani aytilgandi. "Milan" klubi egalarining maslahatchisi sifatida ish yuritayotgan shved Venada murabbiy bilan uchrashuv o'tkazgan.

"Sky Sport Italia" ma'lumotiga ko'ra, 2020 yildagi kabi "Milan" yana Rangnik nomzodini jiddiy ko'rib chiqmoqda. Biroq bu safar bosh murabbiylik emas, klubda hali hamon bo'sh turgan texnik bo'limdagi eng muhim vazifalar muhokama qilingan.

Germaniyalik murabbiy esa o'z shartlari qabul qilingan taqdirdagina "rossoneri"da ishlashga rozi. Bunda u klubning bosh murabbiyi va sport direktorini tayinlashda bevosita ishtirok etmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sport Italia