QPL. "Oqjetpes" "Aktobe" bilan o'yinda so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatdan qutulib qoldi, Abdumannonovdan gol!

Sherzod Nurmatov
28 may 2026, 19:06
Qozog'iston Premer-ligasi 12-turidan o'rin olgan "Oqjetpes" – "Aktobe" bellashuvi yakuniga etdi.

Unda jangovar durang qayd etildi - 2:2. E'tiborlisi, mezbonlarning birinchi goliga 32-daqiqada o'zbekistonlik vinger Bektemir Abdumannonov mualliflik qildi.

QPL

12-tur

“Oqjetpes” – “Aktobe” 2:2

Gollar: Abdumannonov 32’, Lotockiy 90+6’ – Laturnus 35’, 61’

3.jpg

Shunday qilib, Rinat Alyuetov shogirdlari mazkur durangdan keyin 23 ochko to'pladi va musobaqa jadvalida 3-o'rinda bormoqda. Shtefan Tarkovich qo'l ostidagi raqib jamoa esa 16 ochko bilan 7-pog'onaga joylashgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia